Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ChatGPT 50 foizdan ko‘proq holatda xato iqtibos bermoqda — tadqiqot

ChatGPT 50 foizdan ko‘proq holatda xato iqtibos bermoqda — tadqiqot

Illyustrativ foto

Yaqinda Dikin universitetida o‘tkazilgan tadqiqot akademik tadqiqotlarda ChatGPT chat-botining ishonchliligini savol ostiga qo‘ydi.

Chat-botdan foydalanish holatlarining yarmidan ko‘pida yolg‘on yoki noto‘g‘ri iqtiboslar keltirilgan va manbalarga juda g‘alati tarzda havola qilinish aniqlandi. Bu uning nafaqat olimlar uchun foydaliligini shubha ostiga qo‘yadi, balki potensial zarar keltirishi mumkin degan xavotirlarni ham uyg‘otadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirda turli ilmiy sohalardagi tadqiqotchilar o‘z ishlarini tezlashtirish uchun ChatGPTdan tobora ko‘p foydalanishmoqda.

Universitet olimlari tajriba davomida ChatGPTga ruhiy salomatlikning turli mavzulari bo‘yicha oltita adabiyot sharhini yozish vazifasini qo‘yishdi.

Shuning asosida chat-bot tomonidan shakllantirilgan 176 ta iqtibosdan 35 tasi (19,9 foiz) soxtalashtirilgan, ya’ni sun’iy intellektning «gallyusinatsiyalari»ga kiritish mumkin bo‘lgan bunday fikrlar hech qayerda aytilmagan, yana 141 tasi (45,4 foiz) nashr sanasi, sahifa raqamlari yoki raqamli obyektlar (DOI)ning noto‘g‘ri identifikatorlari kabi xatolarni o‘z ichiga olgan.

Faqat 77 ta iqtibos (43,8 foiz) haqiqiy va aniq chiqqan. Xatolarni bir qarashda aniqlash osonmas: soxta DOIlarning 64 foizi tadqiqot ishlari mavzusiga umuman aloqador emas, qolgan 36 foizi esa umuman yaroqsiz havolalar bo‘lib chiqdi. Bu shuni anglatadiki, agar foydalanuvchilar manbalarni shaxsan tekshirmasalar, noaniqliklarni sezmasliklari mumkin.

Shu sababli tadqiqotchilar «chat-botdan foydalanishda hushyorlikni oshirib, yo‘l-yo‘riqlarni puxta ishlab chiqish, odamlar tomonidan qat’iy tekshirish, tadqiqotlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ilmiy jurnallar va institutlarda himoya choralarini kuchaytirish» zarurligini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring