Kuniga 40 milliondan ortiq odam ChatGPTga sog‘liqqa oid savollar bermoqda
Kuniga dunyodagi 40 milliondan ortiq odam sog‘liqqa oid savollar bilan ChatGPT chat-botiga murojaat qiladi. Bu ma’lumot chat-botni ishlab chiqqan kompaniya — OpenAI tadqiqotida yuzaga chiqdi, deb xabar berdi Axios.
Tadqiqotchilar 1 042 nafar katta yoshli amerikalik o‘rtasida so‘rovnoma ham o‘tkazishdi.
Aytilishicha, chat-botga kelib tushayotgan barcha so‘rovlarning 5 foizdan ortig‘i sog‘liqni saqlash sohasiga aloqador.
Aksariyat amerikaliklar sun’iy intellektdan tibbiy sug‘urtalarni taqqoslash va xizmatlar uchun to‘lov qilishda yordam so‘raydi. Odatda ko‘plab davolash muassasalari yopiq paytida bunday murojaatlar ko‘payadi.
So‘nggi uch oyda amerikalik respondentlarning 55 foizi kasallik alomatlarini tekshirish va o‘rganish, 48 foizi esa tibbiyot atamalari va shifokorning tavsiyalariga aniqlik kiritish uchun sun’iy intellektdan foydalangan. Bundan tashqari, respondentlarning 44 foizi davolanish yo‘llarini so‘rab, ChatGPT bilan muloqot qilgan.
Xabarda aytilishicha, AQSh sog‘liqni saqlash tizimi murakkab, biron qarorga kelish uchun amerikaliklarga ko‘p qo‘shimcha ma’lumotlar zarur bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter