Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat auditida sun’iy intellekt joriy etiladi

Davlat auditida sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezidentning «Davlat auditi faoliyatida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–123-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga ko‘ra, 2027-yildan Hisob palatasining davlat tashqi auditi faoliyatida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.

Jumladan:
davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash auditi orqali baholanadi;
Hisob palatasi so‘roviga taqdim etilgan hujjatlar, elektron hujjat almashinuvi va axborot tizimlariga masofaviy kirish imkoniyati asosida masofaviy tashqi audit o‘tkaziladi;
xavf (risk) tahlillariga asoslangan holda davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi doirasida axborot texnologiyalari auditi yo‘lga qo‘yiladi.

Farmonga muvofiq, Hisob palatasi davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari auditini o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, 2028-yil 1-sentyabrdan muvofiqlik auditini sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish amaliyoti joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring