Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

Foto: Xabar.uz

Adliya vazirligi tomonidan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida samaradorlikni aniqlash tartibi tasdiqlandi. Mazkur hujjat 2026-yil 3-aprel kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manba asosida tekshiriladi. Bu orqali bozorga chiqarilayotgan dori vositalarining haqiqiy ta’siri va samaradorligiga aniqlik kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Samaradorlikni baholash jarayoni mustaqil ilmiy ekspertlardan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, dori vositalari uchta toifaga ajratiladi.

Birinchi toifa — samaradorligi xalqaro manbalarda tasdiqlangan dori vositalari hisoblanadi.

Ikkinchi toifa — samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari bo‘lib, ular xalqaro tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topmagan mahsulotlardir.

Uchinchi toifa esa samaradorligi o‘rganilmagan dori vositalarini o‘z ichiga oladi. Bunday holatda xalqaro ilmiy manbalarda tegishli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaydi.

Mazkur tasniflash tizimi orqali dori bozorida shaffoflikni ta’minlash va iste’molchilarni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsad qilingan.

Yangi tartibga muvofiq, o‘rganish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring