Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng gavjum aeroportlari aniqlandi

Dunyoning eng gavjum aeroportlari aniqlandi

Atlantagi Hartsfild-Jekson aeroporti.

Dunyodagi eng yirik xalqaro aeroportlar orasida Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Hartsfild-Jekson alohida ajralib turadi. 2024-yilda aeroport 108 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi — bu mutlaq rekord.

Atlanta eng gavjum aeroportlar reytingida yetakchilik qilishining bir necha sabablari bor. Avvalo, u AQShning 80 foiz hududiga 2-3 soatlik parvoz masofasida joylashgan. Bu yerdan dunyoning 225 ta shahriga parvoz qilish mumkin, Antarktidadan tashqari barcha qit’alarga reyslar amalga oshiriladi. Trafikning 85 foizi ichki reyslarga to‘g‘ri keladi.

Qolaversa, Atlantada dunyodagi eng uzun o‘tish tizimi mavjud. Avtomatik yuk tashish tizimining 100 km konveyerda soatiga 60 mingta jomadon saralanadi. Yo‘lovchilar SkyTrain (tezyurar poyezd) orqali terminallar o‘rtasida harakatlanishadi.

Dubay aeroporti

Eng gavjum aeroportlar reytingida ikkinchi o‘rinda — Dubay aeroporti (yiliga — 92,3 mln yo‘lovchi), undan keyin AQShning Dallas/Fort-Uert (85 mln yo‘lovchi), Tokioning Haneda, Londonning Hitrou aeroportlari joylashdi. Gonkong aeroporti esa yuk tashishlar bo‘yicha yetakchi (yiliga 5 mln tonna yuk tashilgan).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring