DXX va prokuratura farg‘onalik dorifurushlarni ushladi
Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro T.M.ning Qo‘qon shahri, “Taroqchilik” ko‘chasidagi xonadonida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 523 dona “Regapen 300mg” va 9 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.R. (muqaddam sudlangan) fuqaro S.U.ga 2 turdagi tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan jami 350 dona dori vositalarini 3,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter