Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti pir yurti Media haftalikning 7-manziliga aylandi

Yetti pir yurti Media haftalikning 7-manziliga aylandi

Foto: Rasmiy axborot

Yetti pir yurti Buxoro — Media haftalikning 7-nuqtasiga aylandi. 

Media haftalik Buxoroda boshlandi. 

Tarix nafasi sezilib turadigan, asrlar davomida ilm va tafakkur markazi bo‘lib kelgan Buxoro bugun yangi media atmosferasi bilan jonlanmoqda. Eski shahar ruhi, zamonaviy qarashlar va tez o‘zgarayotgan axborot muhiti bir nuqtada uchrashyapti. 

Buxorodagi Media haftalikda tarix fonida zamonaviy kontent, milliy ruh bilan raqamli media, an’ana bilan yangi formatlar uyg‘unlashadi. Haftalik qanday g‘oyalar, fikrlar va media yechimlarni olib kelishini birga kuzatib boramiz.

Avvalroq Navoiyda Media haftalik nihoyasiga yetgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring