Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Formula-1 poygachilari Toshkentda yig‘iladi

Formula-1 poygachilari Toshkentda yig‘iladi

© Google

FIA Bosh Assambleyasi va FIA mukofotlar marosimi 9–12 dekabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladi. Tadbirlarda 100 nafardan ortiq professional poygachi ishtirok etadi

Markaziy Osiyo tarixida ilk bor "FIA General Assembly" va "FIA Awards" marosimi Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdagi tadbirlar doirasida ilk bor "FIA Gala" — avtosport dunyosidagi eng nufuzli mukofotlar marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu marosimda turli avtomotosport chempionatlari g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlanadi.

Tadbirda jahon avtosportining eng nufuzli tashkiloti — FIA rahbariyati, 149 ta mamlakatdan 500 nafardan ortiq yuqori martabali delegatlar va milliy federatsiyalar vakillari, shuningdek, 100 nafardan ortiq professional poygachilar ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun: FIA (Fédération Internationale de l’Automobile) — Xalqaro avtomobil federatsiyasi, 1904 yilda tashkil topgan. Avtosport va avtomobilizm sohasidagi eng yirik xalqaro tashkilot bo‘lib, u Formula 1, World Rally Championship (WRC), World Endurance Championship (WEC) kabi chempionatlarni boshqaradi. FIA General Assembly — avtosport bo‘yicha Xalqaro avtomobil federatsiyasining yillik yig‘ilishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring