Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovchi qonun bekor qilindi

Fransiyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovchi qonun bekor qilindi

Foto: Habr

Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi 15 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini bekor qildi. Reuters agentligi xabar berishicha, mazkur hujjat shu yilning 1-sentyabridan kuchga kirishi kerak edi.

Qonun loyihasida 15 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlarda sahifa (akkaunt) ochishni taqiqlash ko‘zda tutilgandi. Platformalar oldin ochilgan profillarni to‘rt oy muddat ichida o‘z tomonidan bloklashi lozim edi. Shuningdek, internet-servislar zimmasiga foydalanuvchilarning yoshini majburiy tekshirish tizimini joriy etish vazifasi yuklatilayotgandi.

Biroq Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi qonun loyihasida yoshni tasdiqlash qaysi shartlar va cheklovlar asosida amalga oshirilishi aniq belgilanmaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, hujjat insonlarning shaxsiy hayot daxlsizligi, so‘z va axborot almashinuvi erkinligi huquqlariga zid ekani ta’kidlandi.

Fransiya qonun chiqaruvchilari ushbu hujjatni shu yilning iyul oyida ma’qullagan edi. Agar qonun kuchga kirganida, Fransiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovlarini joriy etgan Yevropadagi birinchi davlatga aylanishi mumkin edi. Bundan avval xuddi shunday taqiqlar Indoneziya, Turkiya, BAA va Malayziya kabi qator mamlakatlarda qabul qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring