Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FT: Grenlandiya AQSh bilan Daniya ishtirokisiz muzokara o‘tkazmoqchi

FT: Grenlandiya AQSh bilan Daniya ishtirokisiz muzokara o‘tkazmoqchi

Grenlandiya tashqi ishlar vaziri Vivian Motsfeldt AQSh bilan Daniya ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.

Financial Times nashri xabar berishicha, bu qadam Grenlandiyaning tashqi sheriklar bilan munosabatlarda diplomatik yondashuvi o‘zgarayotganiga ishora sifatida baholanmoqda.

Grenlandiya keng avtonomiyaga ega bo‘lsa-da, rasman Daniya Qirolligining tarkibiy qismi hisoblanadi. An’anaga ko‘ra, tashqi siyosat masalalari Kopengagen orqali muvofiqlashtiriladi.

Mutaxassislar fikricha, Motsfeldtning tashabbusi Grenlandiyaning xalqaro maydonda yanada mustaqil harakat qilishga intilayotganini ko‘rsatishi mumkin. Bu esa kelgusida mintaqaning siyosiy maqomi va tashqi munosabatlarida muhim o‘zgarishlarga olib kelishi ehtimolini oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring