G‘azoda kuchli zarbalar oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi
G‘azo sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berishicha, 28-oktyabr oqshomidan beri Isroilning G‘azo sektoriga havo hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 104 kishiga yetdi.
Qurbonlar orasida 46 bola va 20 ayol bor. Yana 253 falastinlik yaralangan.
Isroil mudofaa kuchlari bir qator havo hujumlaridan so‘ng sulhga qaytayotganini e’lon qildi. Ularning e’lon qilingan maqsadi G‘azo sektoridagi "terrorchilar"ni yo‘q qilish edi. Isroil hujumlar HAMAS guruhi tomonidan qoidabuzarliklarga javoban amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.
"Isroil sulhga rioya qilishda davom etadi va har qanday qoidabuzarliklarga qat’iy javob beradi", deyiladi bayonotda.
TheTimes of Israel gazetasi HAMASning G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahrida Isroil qo‘shinlariga qarata o‘t ochganini xabar qildi. Shundan so‘ng, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga zudlik bilan kuchli havo hujumlarini buyurdi. AP xabariga ko‘ra, Isroil o‘z rejalari haqida Qo‘shma Shtatlarga xabar bergan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter