Igor Sergeyev Eron klubida qancha maosh olishi ma’lum qilindi
Eronning «Persepolis» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgan edi.
32 yoshli hujumchi yangi jamoasida 19-raqam ostida o‘ynaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Igor Sergeyev 1,5 yillik shartnoma bo‘yicha 1,5 million dollar miqdorida maosh oladi. U «Persepolis»da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov bilan birga to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, Igor Sergeyev o‘tgan mavsumni Toshkentning «Paxtakor» klubida o‘tkazib, 29 o‘yinda 20 ta gol urgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter