Yil boshidan beri ish joyidagi baxtsiz hodisada halok bo‘lganlar 62 nafarga yetdi
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–mart oylarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 198 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu hodisalarning 9 tasi guruhiy, 139 tasi og‘ir oqibatli, 49 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan. Umumiy hisobda 62 nafar fuqaro ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lgan.
Shuningdek, hodisalar oqibatida 146 kishi og‘ir tan jarohati olgan, yana 15 nafar fuqaro yengil jarohatlangan. Bu raqamlar mehnat xavfsizligi masalasi dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Baxtsiz hodisalarning eng katta qismi sanoat va qurilish sohalariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, sanoatda 71 ta, qurilish sohasida 54 ta hodisa qayd etilgan.
Qishloq va suv xo‘jaligida 9 ta, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 8 ta, transport sohasida ham 8 ta holat aniqlangan. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida esa 4 tadan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 44 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda — Surxondaryo (36 ta baxtsiz hodisa), Toshkent (29 ta), Navoiy (18 ta), Buxoro (16 ta) va Andijon (15 ta) viloyatlari.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter