Jahon elektromobillar bozori yetakchisi o‘zgardi
Xitoyning BYD avtomobilsozlik kompaniyasi birinchi marta Teslani ortda qoldirib, elektromobillar savdosi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi, deb xabar berdi CNBC.
2025-yilda BYD rusumli to‘liq elektrlashgan avtomobillar savdosi deyarli 28 foizga o‘sib, 2,26 million donaga yetgan. Taqqoslash uchun: Tesla xuddi shu davrda 1,64 millionga yaqin elektromobil sotgan, bu bir yil oldingidan 8 foiz kam.
O‘tgan yili BYD bozorga jami 4,6 million dona avtomobil yetkazib berdi — bu 2024-yilga nisbatan 7,7 foizga ko‘pdir. Ushbu hajmning deyarli yarmi elektromobillarga, qolgan qismi gibridlarga to‘g‘ri keldi. O‘sishda tashqi bozorlar muhim rol o‘ynadi: xalqaro sotuvlar, tahlilchilar prognozlaridan oshib, 1,05 milliontani tashkil etdi, shu bilan Xitoydagi ichki talabining zaiflashuvi qoplandi.
Tesla yillik ko‘rsatkichlari esa tinmay pasaymoqda. O‘tgan yil to‘rtinchi choragi yakunlariga ko‘ra, kompaniya 440,9 mingtaga yaqin avtomobil yetkazib berishi kutilmoqda. Bu 2024-yil so‘nggi choragiga nisbatan 11 foiz pasayishni anglatadi. Yil yakunlariga ko‘ra esa, sotuvlar taxminan 1,66 million donani tashkil etdi, bu ketma-ket ikkinchi yil hajmning pasayishidir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter