Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada mobil internetni aholi uchun tekin qilishmoqchi

Janubiy Koreyada mobil internetni aholi uchun tekin qilishmoqchi

Janubiy Koreyada mobil aloqa foydalanuvchilari uchun yangi qoida joriy etiladi. Unga ko‘ra, internet paketi tugaganidan keyin ham abonentlar aloqadan uzilmaydi.

Mamlakat Ilm-fan va AKT vazirligi SK Telecom, KT Corp. va LG Uplus kompaniyalari bilan kelishuvga erishgan. Yangi tartibga ko‘ra, yuqori tezlikdagi internet limiti tugaganidan keyin ham foydalanuvchilarga sekundiga 400 kilobit tezlikda internet taqdim etiladi.

Bu tezlik video ko‘rish kabi og‘ir xizmatlar uchun yetarli emas, ammo messenjerlardan foydalanish, xarita xizmatlarini ochish va oddiy internet xizmatlari uchun yetarli bo‘ladi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizim iyun oyi oxiriga qadar joriy etiladi. Bu o‘zgarish 7,17 million nafar cheklangan internet tarifidan foydalanuvchilarga foyda keltirishi kutilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqarolar yillik hisobda 322 milliard von (taxminan 218 million dollar)gacha mablag‘ni tejashi mumkin.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, raqamli davrda internet insonlar uchun zarur ehtiyojga aylangan va har bir fuqaro uchun asosiy axborotga kirish imkoni saqlanishi muhim.

Shuningdek, yangi qoidaga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan fuqarolar uchun qo‘ng‘iroq va SMS xizmatlari ham kengaytiriladi. Bu o‘zgarish qariyb 1,4 million nafar keksalarni qamrab oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring