Jazirama qachon kuchsizlanadi? Ob-havo ma’lumoti
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 37-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-43 darajagacha bo‘ladi. Yakshanba kuni issiq biroz kuchsizlashadi, ammo hozircha uncha sezilarli bo‘lmasada, lekin harorat 2-3 darajaga pasayadi.
Harorat asosan kechalari 21-26 daraja bo‘ladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari bugun va ertaga 38-40 daraja, yakshanba kuni esa 36-38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-14 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter