JCh-2026 saralashi. Yevropaning mundialdagi ilk jamoasi ma’lum bo‘ldi

JCh-2026 saralashi doirasida Yevropa mintaqasida qator o‘yinlar o‘tkazildi, Angliya qit’aning bo‘lg‘usi mundialdagi ilk ishtirokchisiga aylandi.
E guruhida Ispaniya Bolgariyani, Turkiya Gruziyani yirik hisobda yengdi.
F guruhida Portugaliya Vengriyaga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani boy berdi. Irlandiya o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan Armanistonni yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
I guruhida Italiya Isroilni mag‘lub etib, peshqadam Norvegiya bilan oradagi ochkolar tafovutini 3 taga qisqartirdi.
K guruhida Angliya Latviyani safarda tor-mor etib, mundialga yo‘llanma oldi, guruhning ikkinchi o‘yinida Serbiya safarda Andorradan ustun keldi.
JCh-2026 saralashi. Yevropa
4-tur. 14-oktyabr
E guruhi
Ispaniya – Bolgariya 4:0
Gollar: Merino 35, 57, Chernev 69 (avtogol), Oyarsabal 90+2 (pen)
Turkiya – Gruziya 4:1
Gollar: Yildiz 14, Demiral 22, 52, Akgun 35 – Kochorashvili 65
F guruhi
Portugaliya – Vengriya 2:2
Gollar: Ronaldu 22, 45+3 – Salai 9, Soboslai 90+1
Irlandiya – Armaniston 1:0
Gol: Fergyusson 70
I guruhi
Italiya – Isroil 3:0
Gollar: Retegi 45+2 (pen), 75, Manchini 90+3
K guruhi
Latviya – Angliya 0:5
Gollar: Gordon 26, Keyn 44, 45+4, Chiganiks 59 (avtogol), Eze 86
Andorra – Cyerbiya 1:3
Gollar: Lopes 17 – Garsiya 19 (avtogol), Vlahovich 54, Mitrovich 77 (pen)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter