Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta firibgarlikda ayblangan shaxs Perudan O‘zbekistonga keltirildi

Katta firibgarlikda ayblangan shaxs Perudan O‘zbekistonga keltirildi

Foto: Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan fuqaro Perudan O‘zbekistonga olib kelindi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosi ekstraditsiya qilindi.

Gumonlanuvchi Peru hududida tergov organlaridan yashirinib yurgan va xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.

Ekstraditsiya Toshkent va Lima Milliy markaziy byurolari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari hamda ekstraditsiya jarayonida tranzit o‘tgan Fransiya va BAA vakolatli organlarining xalqaro huquq doirasida ko‘rsatgan yordami tufayli amalga oshirildi.

Mazkur holat transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda Interpol Xalqaro jinoiy politsiya tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini tasdiqlaydi.

Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish hamda O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun Interpol Milliy markaziy byurosi va Respublika Bosh prokuraturasi xodimlari hamrohligida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring