Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kofe qarishni sekinlashtiradi va saratonga qarshi kurashadi — tadqiqot

Kofe qarishni sekinlashtiradi va saratonga qarshi kurashadi — tadqiqot

Foto: Gemini

Kofe qarishni sekinlashtiradi va saratonga qarshi kurashadi — olimlar hujayralarni «yoshartirish» mexanizmini qahva donlarida topishdi. Bu borada Texas A&M universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Olimlar kofe tarkibidagi moddalar organizmdagi NR4A1 deb ataladigan maxsus retseptor-oqsilni faollashtirishini aniqlashdi. Bu oqsil hujayralarni stressdan himoya qilish, yallig‘lanishni kamaytirish va shikastlangan to‘qimalarni tiklashda muhim rol o‘ynaydi.

Qahva tarkibidagi kofein emas, balki polifenollar (masalan, kofein va xlorogen kislotalari) NR4A1 bilan bog‘lanib, hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribalar kofe ekstraktlari ushbu oqsil orqali saraton hujayralarining o‘sishini sekinlashtirishini ko‘rsatdi.

Boshqa tadqiqotlarda esa kuniga 3-4 mahal qahva ichish biologik qarishni 5 yilgacha sekinlashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

So‘nggi tadqiqotlarga ishonadigan bo‘lsak, qahva faqat tetiklashtiruvchi ichimlik emas, balki hujayra darajasida tiklanish jarayonlarini ishga tushiruvchi vosita ekani ilmiy isbotini topmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring