Madagaskarda harbiylar hokimiyatni egallab oldi
Harbiylar Madagaskarda hokimiyatni egallab olganini e’lon qildi.
CAPSAT elita harbiy korpusi qo‘mondonligi Madagaskarda hokimiyatni egallab olganini ma’lum qildi. Ular prezident Andri Radzuelina bir necha hafta davom etgan aksilhukumat namoyishlaridan so‘ng mamlakatni tark etganidan so‘ng davlat institutlari tarqatib yuborilganini e’lon qilishdi.
Prezident ma’muriyati esa Radzuelina hokimiyatda qolishini ma’lum qildi.
"Biz hokimiyatni qo‘lga oldik", dedi polkovnik Maykl Randrianirina milliy radioda.
Aniq joylashuvi noma’lum bo‘lgan Andri Radzuelina impichment bo‘yicha ovoz berishni qoralab, uni konstitutsiyaga zid deb atadi va Milliy assambleya tarqatib yuborilganiga qaramay, sessiya bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, suv va elektrning tinmay o‘chirilishi tufayli sentyabr oxirida Antananarivuda tartibsizliklar boshlangan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, isyonlar davomida kamida 22 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ziyod inson jarohatlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter