Majburiy mehnat va bosimga yo‘l qo‘yilmaydi — Davlat mehnat inspeksiyasi
Davlat mehnat inspeksiyasi ayrim hududlarda xodimlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari turli topshiriqlarga majburan jalb etish holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushayotganini ma’lum qildi.
Inspeksiya majburiy mehnat qonunchilik bilan taqiqlanganini eslatdi. Xodimni uning roziligisiz, jazo yoki bosim tahdidi ostida ishlashga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, «Ijtimoiy reyestr»dagi fuqarolarni asossiz yoki majburan reyestrdan chiqarish holatlari ham qayd etilmoqda.
Murojaatlar o‘rganilib, qoidabuzarlik tasdiqlansa, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter