Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makron qamoqqa hukm etilgan sobiq prezident bilan uchrashdi. Nega?

Makron qamoqqa hukm etilgan sobiq prezident bilan uchrashdi. Nega?

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida sobiq davlat rahbari Nikolya Sarkozini qabul qildi, deb xabar bermoqda Figaro gazetasi. AFP xabariga ko‘ra, uchrashuv 17-oktyabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan va u bir soatga yaqin davom etgan.

Uchrashuv haqida rasmiy xabar berilmagan. 

Figaro manbasining xabar berishicha, uchrashuv chog‘ida Emmanuel Makron sud qaroriga izoh bermagan, biroq birinchi instansiya qaroridan so‘ng hukmning zudlik bilan ijro etilishi va Nikolya Sarkozining tartibli koloniyaga o‘tkazilishi shubha ostiga olingan. 

Emmanuel Makron ta’kidlaganidek, amaldagi davlat rahbarlari immunitetga ega bo‘lsalar, sobiq prezidentlar bundan mustasno. 

25-sentyabr kuni sud Nikolya Sarkozini saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirganlikda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. 21- oktyabr kuni Nikolya Sarkozi Parijdagi La Sante qamoqxonasiga o‘tkaziladi. Sobiq prezident jazoni bir kishilik kamerada o‘taydi, bu maxsus VIP bo‘lim deb ataladi. Bunday qarorga 70 yoshli siyosatchining maqomi va yoshi sabab bo‘lgan. 

Nikolya Sarkozi 2007-yildan 2012-yilgacha Fransiya prezidenti lavozimida ishlagan. Unga qarshi tergov 2013-yilda boshlangan. Sud siyosatchining prezidentlik kampaniyasi Liviya hukumati tomonidan noqonuniy ravishda moliyalashtirilganini aniqlagan. Janob Sarkozi o‘z aybini tan olmadi va sud qarorini “Fransiyani kamsitish” deb atadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring