Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO Boltiq dengizida «Sovuq shamollar» mashg‘ulotlarini boshladi

NATO Boltiq dengizida «Sovuq shamollar» mashg‘ulotlarini boshladi

Foto: Anton Meres/Reuters

Finlyandiya va Estoniyaning Boltiq dengizi akvatoriyasidagi hududiy suvlarida NATO mashg‘ulotlari boshlandi.

Finlyandiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2025-yil 24-noyabrdan 4-dekabrgacha Finlyandiya janubidagi Arxipelag dengizi (Boltiq dengizining bir qismi)da va Fin ko‘rfazi etagida Harbiy-dengiz kuchlari boshchiligidagi «Freezing Winds 25» («Sovuq shamollar-25») harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Qurol kuchlar va kemalar Estoniyaning hududiy suvlaridan ham foydalanadi.

«Sovuq shamollar» mashg‘ulotlarida Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqchilari — Belgiya, Daniya, Germaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Polsha, Fransiya, Estoniya va AQShning 20 ta harbiy kemasi hamda NATOning minalarga qarshi maxsus guruhi (SNMCMG1) qatnashadi, deyiladi xabarda. Mashg‘ulotlarga jami 5 ming nafar harbiy jalb etilgan.

«Mashg‘ulotlarda dengiz yo‘llari va muhim infratuzilmalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ham ko‘nikmalar oshiriladi», — deyiladi Finlyandiya MV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring