Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Pokiston Afg‘onistonning 19 ta chegara punktini egallab oldi

OAV: Pokiston Afg‘onistonning 19 ta chegara punktini egallab oldi

Geo News telekanalining xavfsizlik manbalariga asoslanib xabar berishicha, ikki davlat o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ortidan Pokiston 19 ta Afg‘oniston chegara punktini qo‘lga oldi

Telekanal manbalariga ko‘ra, Afg‘oniston Pokiston chegarasidagi bir nechta o‘tish joylariga o‘t ochganidan keyin Pokiston javob qaytargan. Natijada Islomobod qo‘shinlari afg‘on nazorat-o‘tkazish punktlarining bir qismini vayron qilgan. 

Geo nashrining xabar berishicha, Pokiston armiyasi artilleriya, tanklar, dronlar, yengil va og‘ir qurollardan foydalangan. Boshqa narsalar qatori, harbiylar "Tolibon"ning ikki bataloni shtab-kvartirasi va bir necha afg‘on tanklarini yo‘q qildi. 

Manbalarga ko‘ra, Pokistonning javob zarbalariga ikki davlat o‘rtasidagi urush sifatida qaramaslik kerak. Pokiston armiyasi faqat jangarilar boshpanalari va harbiy tayyorgarlik lagerlarini nishonga olgan. Armiya tinch aholiga hujum qilish niyatida emas. 

10-oktyabr kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati Pokistonni havo hududini buzganlikda aybladi. Keyinroq Tolo News telekanali Afg‘oniston havo kuchlari Pokiston bilan chegaradosh viloyatlarga zarba bergani haqida xabar berdi. 11 oktyabr kuni Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Pokistonga qarshi harbiy operatsiya yakunlangani haqida ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring