Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ohangaronda hokimlik xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi

Ohangaronda hokimlik xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti hokimlik balansida bo‘lgan xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlanishicha, bosh yuriskonsult muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring