Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda sud yana bir pedofilni uzoq muddatga qamadi

Ohangaronda sud yana bir pedofilni uzoq muddatga qamadi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida M. T. (1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq M. T. voyaga yetmagan S. X. (qiz bola, 2016 yilda tug‘ilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi «a» bandiga asosan M. T. o‘ta xavfli retsidivist deb topildi.

M. T. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Ma’lumot uchun, mazkur shaxs 2017 yildan nomusga tegish jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tab kelayotgan va voqea sodir bo‘lgan kuni, ya’ni 2025 yilning 16 oktyabrida jazo muddatini o‘tayotgan manzil-koloniyadan qochib ketgan bo‘lgan. Uning muqaddam ayblangan qilmishi bo‘yicha jazo muddati 2033 yilning noyabrida tugishi kerak bo‘lgan.

Oliy sud matbuot xizmati xabarida esa uning avvalgi jinoiy ishi bo‘yicha o‘talmay qolgan jazo muddati haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudi ham muqaddam ham nomusga tegish jinoyatlarini sodir etgani uchun sudlanib, xavfli retsidivist deb topilgan shaxsni 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring