Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy yaqinida otishma yuz berdi

Oq uy yaqinida otishma yuz berdi

Foto: Getty Images

AQSh Milliy gvardiyasining ikki xodimi o‘q otar quroldan olingan jarohatlar oqibatida vafot etdi, deb bayonot berdi G‘arbiy Virjiniya gubernatori Patrik Morrisi. Ammo keyinroq bu xabar inkor etilib, jarohat olganlar og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilindi.

26-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:20 atrofida Vashingtondagi «Farragut-Uest» metro bekati yaqinida otishma sodir bo‘lgan va ikki nafar milliy gvardiyachi yaralangan edi. Huquq-tartibot idoralari hodisa joyini o‘rab olib, bir nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Avvalroq prezident Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida voqeaga munosabat bildirib, Oq uy yaqinidagi otishmada jarohatlangan milliy gvardiya xodimlari og‘ir ahvolda ekanligini yozgandi.

Siyosatchining aytishicha, o‘q uzgan shaxs ham og‘ir yaralangan va jazolanadi. «Ikki milliy gvardiyachini yaralagan hayvonga bu juda qimmatga tushadi», — degan Tramp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring