Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oskar» va «Oltin globus» sovrindori Luis Puenso vafot etdi

«Oskar» va «Oltin globus» sovrindori Luis Puenso vafot etdi

Argentinalik rejissyor, ssenarist va prodyuser Luis Puenso 80 yoshida Buenos-Ayresda vafot etdi.

Luis Puenso 1946-yilda tug‘ilgan. O‘z faoliyatini reklama sohasida boshlagan va 1973-yilda kinodagi debyutini amalga oshirgan.

Rejissyorni jahonga «Rasmiy tarix» (La historia oficial, 1985) filmi tanitgan. Argentinadagi harbiy diktatura davrida bolalarning o‘g‘irlanishi fojiasiga bag‘ishlangan ushbu kartina Lotin Amerikasi kinosi tarixiy yutuqlaridan hisoblanadi. Film «Eng yaxshi chet tilidagi film» nominatsiyasida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritishdan tashqari, «Oltin globus» va Kann kinofestivalining nufuzli sovrinlariga ham loyiq ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring