O‘zbekiston YeI bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston YeI bilan viza tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqining Ichki ishlar va migratsiya bo‘yicha bosh direktorati ekspertlari bilan muzokaralarning birinchi bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, tadbir davomida mehnat faoliyatini amalga oshirish, o‘qish uchun kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari, yuk mashinalari haydovchilari, turistik guruhlar uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Xususan, Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator shartlarni belgilab berdi.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan maqsadlarga tez fursatda erishish uchun shu kabi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter