O‘zbekiston JSTga a’zolik yo‘lida yana ikki davlat bilan muzokaralarini yakunladi
O‘zbekiston Kanada va Panama bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
«O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 11-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollarni muvaffaqiyatli imzoladi», – deb yozadi Urunov.
Prezidentning JST bo‘yicha vakili, shuningdek, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun yana uchta davlat bilan kelishib olishi kerakligini aytgan.
Eslatib щtamiz, oktyabr oyi oxirida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘liq yakunladi. Prezidentning JST bo‘yicha vakili Panama bilan ham muzokaralar yakunlanganini ma’lum qilgandi.
Joriy yilning iyulida esa Shveysariya bilan ham muzokaralar yakunlangan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter