O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida «Mamay» o‘tkazish punkti ochilishi mumkin
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida «Mamay» o‘tkazish punkti ochilishi kutilmoqda. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Qirg‘iziston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maxsus vakili Bakit Torobayev Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi «Mamay» xalqaro o‘tkazish punkti loyihasini amalga oshirish jarayoni bilan tanishdi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur postni ochish va Kerben — Mamay avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«O‘tkazish punkti foydalanishga topshirilsa, mahalliy aholida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qo‘shni mamlakatga eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu turizm rivojiga ham turtki beradi. Xususan, Padisho-Ota, Sari-Chelek va Qora-Qamish kabi go‘zal maskanlarga sayyohlar oqimi ko‘payishi kutilmoqda. Mahalliy aholining iqtisodiy faolligi oshadi», — dedi Torobayev.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasidagi «Mamay» o‘tkazish punkti 2020 yilda yopilgan edi. Qirg‘iziston Jo‘g‘org‘i Kenesh deputatlari so‘nggi bir necha yil davomida mazkur chegara posti faoliyatini qayta tiklashga chaqirib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yil iyul oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 taga yetkazishga kelishib olgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter