Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda har ming aholining 32 nafari tadbirkor

O‘zbekistonda har ming aholining 32 nafari tadbirkor

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda har 1 000 nafar aholiga o‘rtacha 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda har ming aholi hisobiga 50 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi.

Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati — 46 ta, Sirdaryo viloyati — 41 ta, Navoiy viloyati — 38 ta hamda Jizzax va Buxoro viloyatlari — 35 tadan ko‘rsatkich bilan joylashgan.

Statistikaga ko‘ra, Toshkent viloyatida har ming aholiga 33 ta, Andijon viloyatida 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 30 ta, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 27 tadan tashkil etgan.

Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida har ming aholiga 26 tadan tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri kelsa, Surxondaryo viloyati eng past ko‘rsatkich bilan qayd etildi. Bu hududda har 1 000 nafar aholiga 24 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring