Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «Mehrli oila» xizmati tashkil etiladi

O‘zbekistonda «Mehrli oila» xizmati tashkil etiladi

Joriy yil 24-dekabrdagi PF–256-son farmon bilan 2026-yil 1-martdan «Inson» markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ota-onalari uchun «Mehrli oila» xizmati tashkil etiladi.

«Mehrli oila» xizmatiga ota-onalar Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining qarori asosida jalb qilinadi.

«Mehrli oila» xizmatiga jalb qilingan ota-onalarga farzandlarining oilasi bilan buzilgan munosabatlarni tiklash va ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashish uchun «oilaviy terapiya» xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrdan zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga va zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan e’tiboran davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning dastlabki ko‘rsatuvlari majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring