Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shtini importiga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shtini importiga subsidiya ajratiladi

Prezidentning «Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–130-son qarori bilan go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ayrim yo‘nalishlarda respublika budjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi.

Jumladan:

  • 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda;
  • 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 mln so‘mdan oshmagan miqdorda.

Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring