O‘zbekistonda qaysi davlatlarning korxonalari ko‘p?
2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida jami 19 921 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 870 taga oshgan.
Mavjud korxonalarning 4 500 tasi qo‘shma korxona, 15 421 tasi esa to‘liq xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar hisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy 5 821 ta korxona bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda 3 349 ta korxona bilan Rossiya qayd etilgan. Turkiya esa 2 237 ta korxona bilan uchlikni yakunlagan.
Shuningdek, Qozog‘istonning 1 283 ta, Janubiy Koreyaning 721 ta va Afg‘onistonning 673 ta korxonasi O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda.
Reytingning keyingi o‘rinlaridan Ozarbayjon 460 ta, Tojikiston 442 ta, Birlashgan Arab Amirliklari 433 ta va Hindiston 413 ta korxona bilan joy olgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter