O‘zbekistonda sud ijrosida sun’iy intellektdan foydalaniladi
O‘zbekistonda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash tizimida keng ko‘lamli raqamlashtirish jarayonlari boshlanadi. Bu Prezidentning 30 martdagi PF–50-sonli farmoni bilan belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan davlat ijrochilari faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi. Natijada qabul qilinadigan qarorlarning kamida 70 foizi avtomatlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, sud hujjatlari ijrosiga oid barcha ish yurituv jarayonlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu esa inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash va qaror qabul qilish tezligini oshirishga xizmat qiladi.
Farmonda ijro jarayonlarini to‘liq raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, ijro harakatlari davomida undirilgan pul mablag‘larini taqsimlash ham elektron tarzda amalga oshiriladi.
2026 yil 1 iyuldan esa sud hujjatlari asosida davlat daromadiga o‘tkaziladigan avtomototransport va ko‘chmas mulklarni rasmiylashtirish tartibi ham soddalashtiriladi. Ushbu aktivlar davlat ijrochisi qarori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter