O‘zbekistonda uch oyda 191 ming nafardan ortiq chaqaloq tug‘ildi
2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 191 ming 86 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, tug‘ilgan chaqaloqlarning 98,5 ming nafari o‘g‘il bolalarni tashkil etgan. Bu jami tug‘ilishlarning 51,5 foiziga teng. Qiz bolalar soni esa 92,6 ming nafar bo‘lib, umumiy ko‘rsatkichning 48,5 foizini tashkil qildi.
Tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati respublikada yetakchilik qildi. Ushbu hududda uch oy davomida 23 ming 120 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 21 ming 563 ta va Qashqadaryo viloyati — 21 ming 292 ta ko‘rsatkich bilan qayd etildi. Surxondaryo viloyatida 18 ming 468 ta, Andijon viloyatida esa 16 ming 849 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.
Shuningdek, Namangan viloyatida 16 ming 157 ta, Toshkent viloyatida 14 ming 923 ta va Toshkent shahrida 14 ming 40 ta chaqaloq tug‘ilgan. Xorazm viloyatida 9 ming 183 ta, Buxoro viloyatida 8 ming 741 ta tug‘ilish qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatida 8 ming 616 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 ming 80 ta chaqaloq tug‘ilgan.
Navoiy viloyatida tug‘ilishlar soni 5 ming 241 tani tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyati respublika bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Ushbu hududda uch oy davomida 4 ming 813 ta tirik tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter