Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar ko‘chmas mulk xizmatlariga 11,8 trln so‘m sarfladi

O‘zbekistonliklar ko‘chmas mulk xizmatlariga 11,8 trln so‘m sarfladi

2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 11,8 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda mazkur xizmatlar hajmi 7,3 trln so‘mga yetdi. Bu respublika bo‘yicha shakllangan umumiy hajmning katta qismini tashkil qildi.

Toshkent viloyati 864,9 mlrd so‘m bilan ikkinchi, Samarqand viloyati esa 567,1 mlrd so‘m bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 476,7 mlrd so‘m va Andijon viloyati 400,1 mlrd so‘m ko‘rsatkich bilan qayd etildi.

Qashqadaryo viloyatida ko‘chmas mulk xizmatlari hajmi 337,4 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Buxoro viloyatida bu raqam 302,9 mlrd so‘mga yetdi. Namangan viloyatida 302,8 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida esa 289,4 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 250,5 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 250,3 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 211,1 mlrd so‘mlik xizmatlar qayd etildi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 149,1 mlrd hamda 134,6 mlrd so‘mlik xizmatlar amalga oshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring