Qoraqalpog‘istonda qator tayinlovlar amalga oshirildi
Qoraqalpog‘istonda tayinlovlar:
- Shamuratov Atamurat Shamunovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya - iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Apparatining Investitsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sektori boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
- Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich -Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xójaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.
K.Aytbayev tayinlovga qadar Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.
- Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari 21-sessiyasida tuman hokimi lavozimiga Sdikov Islambek Muratbayevich nomzodi qo‘llab-quvvatlandi.
U taynlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sanoat qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya – iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Erlepesov Nurullan Umirzakovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi vaziri Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovichlar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter