Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Qozog‘iston parlamenti 12-noyabr kuni OAV va internetda LGBT targ‘ibotini taqiqlashga qaratilgan qonunni bir ovozdan qabul qilgan edi. Mazkur hujjat bugun, 30 dekabr kuni mamlakat prezidenti Qosim Jo‘mart-To‘qayev tomonidan imzolandi.

Hujjat bolalarni «sog‘lig‘i va rivojiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish» maqsadi bilan izohlanmoqda.

Qonunga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va onlayn-platformalarda «noan’anaviy jinsiy munosabatlar va pedofiliyani targ‘ib qiluvchi» kontentni tarqatish taqiqlanadi.

Qoidabuzarlarga mamlakatda o‘rnatilgan hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorining 40 baravarigacha jarima (2025 yilda taxminan 157 ming tenge, yoki taxminan 3,8 mln O‘zbek so‘mi) yoki takroriy holatda 10 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash qonunlar avvalroq Rossiya, Vengriya va Gruziyada ham qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring