Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni yil oxirigacha uzaytirdi

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni yil oxirigacha uzaytirdi

Rossiya hukumati benzin eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni 2026-yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror ichki bozorni yetarli miqdorda yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Keyingi oylarda neftni qayta ishlash zavodlari va neft infratuzilmasi obyektlariga uyushtirilgan hujumlar ortidan mamlakatda yoqilg‘i taqchilligi yuzaga kelgan.

Avval amalda bo‘lgan benzin eksportiga cheklovlar 31-iyulgacha belgilangan edi. Bir qator Rossiya hududlarida benzin va dizel yoqilg‘isini sotishga nisbatan me’yorlashtirish choralari ham joriy etilgan.

Aleksandr Novakning ta’kidlashicha, ichki bozordagi vaziyat barqarorlashgach, dizel yoqilg‘isi eksporti qayta tiklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring