Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya iqtisodiyoti qulash arafasida – Tramp

Rossiya iqtisodiyoti qulash arafasida – Tramp

Foto: Reuters

Tramp Putinni Ukrainadagi urushni tugatishni istamayotganligini aytib tanqid qildi.

Reuters nashrining Tramp so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, u Putin bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgan, ammo hozirgi vaziyatdan qattiq norozi.

«Men juda noroziman, chunki Vladimir bilan mening juda yaxshi munosabatlarim bor edi, ehtimol, hali ham shundaydir. Lekin u haqiqatdan ham bu urushni bartaraf etishi kerak. Bilasizmi, hozir Rossiyada benzin uchun uzun navbatlar paydo bo‘ldi... Bir paytning o‘zida uning iqtisodiyoti qulashi mumkin», – dedi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning Ukraina urushidagi yo‘qotishlari allaqachon 1,5 million nafarni tashkil etdi.

Prezident, shuningdek, AQShda juda ko‘p «Tomagavk» raketalari borligini esga oldi va Ukrainaga ularni yetkazib berish masalasi yana kun tartibida ekanini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, 17-oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi vaqtida ushbu masala ko‘tarilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring