Shahzodaning sirli o‘limi: sud mash’um faktni oshkor qildi
Noyabr oyida London g‘arbidagi Marriott mehmonxonasidagi xonasida o‘lik holda topilgan yigirma to‘qqiz yoshli Saudiya Arabistoni shahzodasi Abdulloh bin Fahad bin Abdulloh bin Abdulaziz bin Jalaviy Al Saud giyohvand moddalar iste’mol qilgan deb topildi.
Sud uning o‘limini ko‘p miqdorda giyohvand moddalar bilan zaharlanish natijasida kelib chiqqan baxtsiz hodisa deb topdi, deb xabar beradi The Telegraph.
Sud-tibbiy ekspertiza uning organizmida o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan noqonuniy giyohvand moddalar va trankvilizatorlarning dozasini, shuningdek, yuqori darajadagi alkogol miqdorini aniqladi. Videokuzatuv kameralari tasvirlarida shahzoda o‘lim kuni xonasida yolg‘iz bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Sud-tibbiy ekspert yordamchisi Jan Xarkinning so‘zlariga ko‘ra, sud-tibbiy ekspertlar boshqa siyosiy sabablarni istisno qilishgan.
Hodisa shuningdek, o‘z joniga qasd qilishga urinish deb hisoblanmagan.
Sudda voqeadan uch oy oldin u Londonning Priory shifoxonasida spirtli ichimliklar, benzodiazepinlar va xavotirga qarshi pregabalin preparatidan detoksifikatsiya qilingani aytilgan. Ish to‘satdan yoki zo‘ravonlik bilan o‘lim sabablarini aniqlaydigan sud-tibbiy ekspertiza sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter