Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya ballistik raketalarini uchirdi — AQShga signal

Shimoliy Koreya ballistik raketalarini uchirdi — AQShga signal

Foto: Korean Central News Agency

Shimoliy Koreya 4-yanvar kuni Yapon dengizi tomon bir nechta ballistik raketasini uchirdi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.

AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi qayd etishicha, Pxenyan atrofidan start berilgan raketalar 900 kilometrgacha uchib borgan, Seul va Vashington ularning xususiyatlarini aniqlamoqda.

Agentlik qo‘shimcha qilishicha, «Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ag‘darilishi»dan so‘ng kuch namoyish etilishi Qo‘shma Shtatlarga qaratilgan «Biz boshqachamiz» ohangidagi signal bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring