Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlar uchun 30 dan ziyod litsenziya bekor qilinadi

Tadbirkorlar uchun 30 dan ziyod litsenziya bekor qilinadi

Tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirish maqsadida 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Yana 35 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni berish muddati 2–3 barobar qisqartiriladi.

Shuningdek, 10 ta ruxsat berish tartibi xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi. Bu tadbirkorlarning biznesni boshlash va faoliyat yuritish jarayonidagi ma’muriy yukini kamaytirishga qaratilgan.

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi «sukut – rozilik» tamoyiliga o‘tkaziladi. Bunda ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

Litsenziya berish bo‘yicha rad etilgan har bir ariza Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganiladi. Asossiz ravishda rad etish holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishda talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalari o‘rniga yagona «Salomatlik sertifikati» joriy etiladi.

Bundan tashqari, yangi litsenziya yoki ruxsatnoma joriy etilishidan oldin uni uchta hududda olti oy davomida tajriba-sinovdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda. Bu yangi talablarni amaliyotda baholash imkonini beradi.

Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yilishi bilan bog‘liq e’tirozlar ham ko‘p ekani qayd etildi. Mazkur masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o‘tkazilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli yechimlar belgilash rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring