Time jurnali «yil rahbari»ni aniqladi
Nil Mohan.
Time jurnali YouTubeni boshqarayotgan Nil Mohanni «yil rahbari» («2025 yil bosh direktori»), deya e’tirof etdi.
Nil Mohan YouTube boshqaruviga 2023-yilda Syuzan Voyjitski o‘rniga kelgan. Bungacha servis mahsulotlari direktori sifatida YouTube TV, Music, Premium va Shorts loyihalarida qatnashgan.
2025-yilda YouTube TV servisi «tomoshabinlar mehmonxonasidan mustahkam joy egalladi, YouTube Shorts ma’lumotlariga ko‘ra, ilovadan oyiga 2 mlrd kishi foydalanmoqda, deb yozdi Time. Bundan tashqari, podkastlar sohasida ham platforma yetakchiga aylandi.
YouTube «yulduzlarni yaratishga qodir» ekanligini ta’kidlagan nashr misol qilib MrBeast va Prime, Netflix va Ms. Rachel o‘rtasidagi va shunga o‘xshash bitimlarni sanab o‘tdi.
Mohanning o‘zi aytishicha, «ilgari YouTube hamma bir-birini taniydigan qishloqqa o‘xshardi, hozir esa u megapolisni eslatadi — bir ko‘chada sodir bo‘lgan voqea boshqasiga ta’sir qiladi».
Platforma videolar mualliflari tufayli rivojlanmoqda, shu bois Moxan ularning xizmatlari muhimligiga ularning o‘zlarini ishontirishni asosiy vazifasi deb hisoblaydi.
Nashr yozishicha, YouTubening eng asosiy qadriyatlaridan biri — odamlarga «eshitilish uchun» ko‘maklashishdir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter