Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondan olib o‘tilgan 100 kilodan ortiq narkotik moddalar aniqlandi

Tojikistondan olib o‘tilgan 100 kilodan ortiq narkotik moddalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bulung‘ur tumanida yashovchi, 1996 va 1997-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs 79 kg 358 gr «opiy» moddasini Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga olib kelib, kelgusida sotish maqsadida xufiya joyga yashirib qo‘yganliklari aniqlandi va ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, 1996-yilda tug‘ilgan qonunbuzarning ko‘rsatmasi asosida, muqaddam dala maydoniga yashirib qo‘yilgan 1 kg 953 gr «metamfetamin» sintetik narkotik moddasi ham olindi.

Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi, 1994 va 1997-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs va Tojikiston Respublikasining Tursunzoda tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi davlat chegarasini buzgan holda, 30 kg 357 gr «opiy» moddasini mamlakatimiz hududiga olib o‘tgan vaqtlarida Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, ular tojikistonlik narkosavdogarga tegishli ushbu zahri qotilni ma’lum bir haq evaziga belgilangan manzilga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur giyohvandlik vositasining buyurtmachisi hisoblangan – Denov shahrida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs ham qo‘lga olindi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring