Toshkent shahar hokimiga maslahatchi tayinlandi
Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqovga maslahatchi tayinlandi.
Nigmanov Fathulla Ubaydullayevich Toshkent shahar hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari – shahar hokimining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Fathulla Nigmanov 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini geodezik hisoblash va boshqa tarmoqlar muhandisligi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Fathulla Nigmanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U mehnat faoliyati davomida Yunusobod tumani hokimligida turli mas’ul lavozimlarda, Bektemir tumani hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter