Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 35 ta bozor va savdo majmuasi ommaviy savdoga chiqariladi

Toshkentda 35 ta bozor va savdo majmuasi ommaviy savdoga chiqariladi

Prezidentning joriy yil 26-iyuldagi «Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, poytaxtdagi 35 ta bozor, savdo majmuasi va ularning shoxobchalari ommaviy savdoga chiqariladi.

Qarorga ko‘ra, mazkur obyektlar iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun zamonaviy savdo muhitini yaratish maqsadida sotiladi. Savdolarni tashkil etishda «Toshkent invest kompaniyasi» buyurtmachi sifatida ishtirok etadi.

Hujjatda sotuvga chiqariladigan yirik obyektlar qatorida:

  • «Navro‘z» dehqon bozori;
  • «Chilonzor buyum savdo kompleksi»;
  • «Bek to‘pi» savdo kompleksi;
  • «Sergeli» dehqon bozori;
  • Sergeli avtomobil bozori;
  • «Parkent» universal savdo kompleksi;
  • «Yangiobod» ixtisoslashgan bozori;
  • «Aviasozlar» dehqon bozori;
  • «Qora-qamish» dehqon bozori;
  • «Farhod» dehqon bozori;
  • «O‘rikzor» savdo kompleksi;
  • «Qo‘yliq» dehqon bozori hamda ularga qarashli bir qator shoxobchalar bor.

Qarorda ta’kidlanishicha, bozor va savdo majmualari o‘rnida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘ngilochar majmualar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar barpo etish sharti bilan investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Buning uchun har bir obyekt bo‘yicha alohida master-reja ishlab chiqiladi.

Shuningdek, hujjatda Vazirlar Mahkamasi roziligi bilan kelgusida Toshkentdagi boshqa dehqon va buyum bozorlari hamda ularning bo‘sh maydonlari ham belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligi qayd etilgan.   


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring