Toshkentda bir vaqtda ikkita ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Bugun, 13 iyun kuni Toshkentda deyarli bir vaqtda ikkita ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi.
Xususan, soat 10:21 da Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismi (fasad) yonayotganligi to‘g‘risida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari soat 10:23 da hodisa joyiga yetib borgan.
Aytilgan manzildagi ko‘p qavatli uyda yashovchi barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan.
Yong‘in soat 11:00 da qurshab olinib, 11:10 da o‘chirilgan. FVBning ta’kidlashicha, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
Ikkinchi yong‘in soat 10:25 da Chilonzor tumanida yuz bergan. FVBBga Eski Chilonzor ko‘chasida yangi qurilayotgan bino hududida chiqindi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 10:32 da yetib borib, yong‘in soat 10:36 da o‘chirilgan. Ushbu hodisada ham hech kim tan jarohati olmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter